"Barselona" Dembelega 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qiladi

Alisher
8 apr 2021
"Barselona" hujumchi Usmon Dembelega yangi shartnoma taklif qiladi.

Kataloniyaliklar 23 yoshli fransiyalik futbolchi bilan 2025 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolashmoqchi. Agar o'yinchi taklifni rad etsa, klub uni shu yilning yozida sotib yuboradi.

Dembele joriy mavsum "Barselona" libosida 36ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 4ta assist qayd etdi.

Transfermarkt forvardni 50 million evroga baholamoqda. O'yinchining shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Sport.es