"Barsa" futbolchisi Baldening qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum bo'ldi

Alisher Ostonov
13 apr 2025
"Barselona" himoyachisi Aleks Balde kamida uch haftaga safdan chiqdi.

Futbolchi La Liga 31-turidan o'rin olgan "Leganes" (1:0) bilan o'yinning 41-daqiqasida zaxiraga olindi.

"Barsa"ning ma'lum qilishicha, Balde chap sonining ikki boshli mushaklaridan jarohat olgan. As xabariga ko'ra, futbolchi kamida uch hafta maydonga tusha olmaydi.

21 yoshli himoyachi joriy mavsum 43 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/FCBarcelona_es