

"Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" 0:0
“Manchester Yunayted”: 1. Senne Lammens, 2. Diogu Dalot, 5. Xarri Maguayr, 6. Lisandro Martines, 37. Kobbi Maynu, 18. Yuri Tilemans, 8. Brunu Fernandesh, 10. Mateus Kunya, 9. Markus Reshford, 13. Patrik Dorgu, 19. Brayan Mbemo.
Zaxira: 12. Karl Darlou, 26. Eyden Xeven, 3. Nussayr Mazraui, 15. Leni Yoro, 17. Andrey Santos, 7. Meyson Maunt, 31. Shi Leysi, 30. Benyamin Sheshko, 11. Joshua Zirkzee.
“Manchester Siti”: 1. Janluiji Donnarumma, 3. Ruben Diash, 6. Mark-Izrael Gexi, 24. Yoshko Gvardiol, 27. Mateus Nunes, 5. Elliot Anderson, 42. Antuan Semeno, 17. Enco Fernandes, 47. Fil Foden, 9. Erling Holand, 10. Rayan Sherki.
Zaxira: 28. Xeronimo Ruli, 22. Vitor Reys, 33. Niko O'Rayli, 45. Abduqodir Husanov, 7. Iliman Ndiaye, 8. Mateo Kovachich, 32. Ayyub Buaddi, 37. Allan, 82. Riko Lyuis.
Ogohlantirishlar: 45+2 - Enco Mareska (maydon chetida, “Man Siti” bosh murabbiyi)
Chetlatish: 23 - Fil Foden
45+2. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
45. Reshfordning chamasi 28 metrlardan jarima zarbasidan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.
41. MYUning hujumlari ko'proq, ammo xavflilari yo'q. “Siti” esa deyarli hujum qilmay qo'ydi. Bahs asosan maydon markazida kechmoqda.
34. Sherki o'ngdan yurish qilib to'pni markazga uzatdi, biroq bu vaziyatda hech kim yo'q edi “shaharliklar”dan.
27. Sherkining uzoqdan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p yo'liga MYU futbolchilari to'g'anoq bo'lishdi.
24. Haaa, buyog'iga endi qiziq bo'ldi. “Man Siti” taxminan 70 daqiqa bir kishi kam bo'lib harakat qiladi.

23. Qizil kartochka, Fil Fodenga!!! Brunu Filga nisbatan qo'pollik ishlatdi, so'ng Foden ham Brunuga tegindi va bosh hakamga etiroz bildirdi. Natijada Maykl Over unga qizil kartochka ko'rsatildi.
22. Dalotning xatosidan so'ng Semeno to'pni olib qo'yib, Holandga havolatib uzatdi, ammo Lammens to'pni ushlab oldi.
17. Reshford havolatib uzatilgan to'pni sherigiga uzata olmadi, maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
15. Teletranslyatsiyada ko'rsatilishicha, Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel kuzatib bormoqda.
11. Kunyaning erlatib bergan zarbasi noaniq bo'ldi.
3. Encodan ilk zarba, ammo unga Maguayr “blok” qo'ya oldi.
2. Dastlabki daqiqalardan “shaharliklar” faollik ko'rsatmoqda.
1. O'yin boshlandi!
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Angliya Premer-ligasining 4-tur doirasidagi markaziy uchrashuv - "Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



