"Ayrim o'yinchilar tayyor emas edi". Marokash murabbiyi - JCH-2026dagi Fransiya bilan o'yin haqida

10 iyul 2026, 08:25
Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Muhammad Uabi jamoaning ayrim futbolchilari JCH-2026 1/4 finali doirasidagi Fransiyaga qarshi uchrashuvda (0:2) maydonga tushishga tayyor bo'lmaganini so'zlab berdi.

"Biz mehnat qilishda davom etishimiz kerak. Tarkibda yo'qotishlarimiz bor edi, chunki ayrim o'yinchilar maydonga tushishga tayyor emasdilar. Biroz hafaroqmiz... Ammo kelajak bundan-da yaxshiroq va go'zalroq bo'ladi", - deya Uabining so'zlarini Morocco world news nashri keltiradi.

JCH-2026 yarim finalida Fransiya milliy jamoasi Ispaniya - Belgiya (10 iyul) juftligi g'olibiga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Morocco world news