

Superliga. 26-tur
"Navbahor" – "Andijon" 0:0
Bosh hakam: Jasur Muxtorov
Yordamchi hakamlar: Islom Azimov, Sherzod A'zamov
Zaxira hakami: Salohiddin Akramov
VAR: Rustam Choriev
AVAR: Adhamjon Rixsiboev
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Diyor Xotamqulov
"Navbahor": 1. O'tkir Yusupov, 21. Asadbek Rahimjonov, 4. Islombek Mamatkazin, 55. Muhammadqodir Hamraliev, 22. Umar Adhamzoda, 34. Giorgi Jgerenaya, 30. Jasurbek Jaloliddinov, 8. Diyor Xolmatov, 23. Vanya Ilich, 7. Ruslanbek Jiyanov, 11. Husayn Norchaev
Zaxira: 16. Shukron Yo'ldoshev, 5. Dilshodjon Komilov, 3. Zafarbek Rahimjonov, 77. Muhammadali Usmonov, 28. Joel Kojo, 44. Anri Chichinadze, 18. Isoxon Musaxonov, 2. Saidazamat Mirsaidov, 17. Muhammadali G'iyosov
"Andijon": 19. Artyom Potapov, 15. Nemanya Chalasan, 2. Odilbek Abdumajidov, 33. Doniyor Abdumannopov, 11. Humoyunmirzo Iminov, 17. Azizbek Turg'unboev, 18. Damir Temirov, 26. Muhammadkarim Toirov, 7. Po'latxo'ja Xoldorxonov, 22. Usmonali Ismonaliev, 27. Martin Boake
Zaxira: 1. Eldor Adhamov, 8. Shohmalik Komilov, 6. Aleksandre Andronikashvili, 88. Shohjahon Yorqinboev, 28. Bekzod Sulaymonov, 14. Abdurahmon Komilov, 99. Rustam Turdimurodov, 5. Abdulvohid G'ulomov, 70. Hamidullo Karimov
Ogohlantirish: Odilbek Abdumajidov (20)
38' Diyor Xolmatov jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo'lladi, biroq Nemanya Chalasan to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. Qaytgan to'pga Umar Adhamzoda zarba berdi, ammo "Andijon" posboni Artyom Potapov to'pni ishonchli tarzda egallab oldi.
36' Vanya Ilich o'ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga yorib kirib, to'pni markazga uzatdi, biroq u yerda jamoadoshlari bo'lmagani sababli Usmonali Ismonaliev xavfni bartaraf etdi.
27' Jasurbek Jaloliddinovning uzatmasini Martin Boake qaytarib yubordi.
26' Po'latxo'ja Xoldorxonov Husayn Norchaevga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Hakam "Navbahor" foydasiga jarima to'pi belgiladi.
23' Vanya Ilich olis masofadan chap oyoqda zarba yo'lladi, biroq "Andijon" posboni Artyom Potapov to'pni qaytarishga erishdi.
22' Odilbek Abdumajidov olis masofadan darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq uning urinishi noaniq ketdi.
20' 🟨 Vanya Ilichning jarima maydonchasi ichiga uzatgan to'piga Husayn Norchaev yetib bora olmadi. Holat yakunlangach, "Andijon" futbolchilari hakam bilan tortishdi va hakam qaroriga etiroz bildirib bahslashgani uchun Odilbek Abdumajidovga sariq kartochka ko'rsatildi.
18' "Navbahor" futbolchilarining ketma-ket uyushtirgan hujumlarini dastlab Odilbek Abdumajidov, keyingi urinishni esa Nemanya Chalasan ishonchli tarzda bartaraf etdi.
14' "Navbahor" futbolchilari burchak zarbasini tezkor tarzda o'yinga kiritdi. Jasurbek Jaloliddinov erlatib zarba yo'lladi, biroq to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.
13' ⚠️ Xavfli vaziyat! Diyor Xolmatov jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo'lladi, biroq "Andijon" posboni Artyom Potapov ajoyib seyv ko'rsatib, xavfni bartaraf etdi.
12' Azizbek Turg'unboev uzoq masofadan o'ng oyoqda darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq uning zarbasi noaniq ketdi.
10' "Andijon" futbolchilarining o'ng qanotdan oshirgan to'pini Islombek Mamatkazin maydon tashqarisiga chiqarib yubordi va aut qayd etildi.
8' Ruslanbek Jiyanov jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo'lladi, biroq to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.
7' ⚠️ Xavfli vaziyat! Damir Temirovning uzatmasidan so'ng Martin Boake deyarli darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, biroq uning yo'llagan zarbasi darvoza ustuni yonidan noaniq ketdi.
6' "Navbahor" futbolchilarining o'ng qanotdan uzatgan to'plarini dastlab Nemanya Chalasan, takroriy uzatmani esa Usmonali Ismonaliev bartaraf etdi. To'p qaytarilganidan so'ng Diyor Xolmatovning qo'liga tegdi va mehmonlar foydasiga jarima to'pi belgilandi.
4' "Andijon" posboni Artyom Potapov to'pni uzun uzatma bilan Martin Boake tomon oshirdi, biroq hujumchi to'pga yetib bora olmadi va "Navbahor" darvozaboni O'tkir Yusupov to'pni ishonchli tarzda egallab oldi.
3' "Navbahor" futbolchisi Ruslanbek Jiyanov to'pni bartaraf etgan Nemanya Chalasanga nisbatan qoidani buzdi. Hakam mehmonlar foydasiga fol qayd etdi.
2' Jasurbek Jaloliddinov jarima to'pini jarima maydonchasi ichiga uzatib berdi, biroq "Andijon" himoyachisi Nemanya Chalasan to'pni bosh bilan qaytarib, xavfni bartaraf etdi.
1' "Navbahor" futbolchisi Vanya Ilich o'ng qanot bo'ylab oldinga harakatlanayotgan vaziyatda raqib tomonidan qoida buzildi. Hakam mezbonlar foydasiga jarima zarbasi belgiladi.
1' ⏱️ Uchrashuv boshlandi! Bahsni maydon egalari bo'lmish "Navbahor" futbolchilari boshlab berdi. Mezbonlar ko'k, "Andijon" jamoasi esa qizil liboslarda to'p tepmoqda.



