

"Lionel Messi balki avvalgidek katta hajmdagi ishlarni bajarmayotgandir. U qanotlarga o'tishni yaxshi ko'radi va bazan offsayd holatida raqib darvozasi oldida qolib ketadi. Bu ular maydonda bir kishi kam bo'lib qoladi degani emas, lekin to'p yo'qotilgandan keyingi pressingda ular haqiqatan ham bir kishi kam bo'lishadi. Biroq aynan shu jihat uni juda xavfli qiladi, chunki u qulay poziciyada bo'sh qolib ketishi mumkin va biz bunga tayyor turishimiz kerak. Unga ko'p imkoniyat bermasligimiz, bo'sh hududda to'pni qabul qilib olishiga yo'l qo'ymasligimiz lozim", - deya Rangnikning so'zlarini keltirmoqda Yahoo Sports.



