Turkiya futbol federatsiyasi JCHdagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng Montellaning kelajagi borasida bayonot berdi

22 iyun 2026, 09:30
Turkiya futbol federatsiyasi prezidenti Ibrohim Hojiosmono'g'li Turkiya terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan so'ng fikr bildirdi va bosh murabbiy Vinchenco Montellani qo'llab-quvvatladi.

"Biz murabbiyimizni qo'llab-quvvatlaymiz. Bu klub jamoasi emas. Aynan klublardagi barqarorlikning yo'qligi tufayli ko'pincha muvaffaqiyatsizliklar yuzaga keladi. Mana, ikki kundan beri turli murabbiylarning ism-shariflarini yozishmoqda, biroq biz bir yo'ldan ketayotgan insonlarimizni yo'lda uchraganlarga alishtirmaymiz.

Murabbiyni taktik jihatdan tanqid qilish mumkin, ammo to'pning darvoza ustuni yonidan o'tib ketgani uchun emas. Har bir yomon voqeada ham yaxshilik bor, shu bolatdan kelib chiqib, oldinga qarab intilamiz", - dedi Hojiosmono'g'li.

Turkiyaliklar guruh bosqichining dastlabki ikki turida Avstraliya (0:2) va Paragvayga (0:1) imkoniyatni boy berib, muddatidan oldin pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'lishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: A Spor