"Qo'qon-1912" jamoasi murabbiyi faoliyatini "Surxon"da davom ettiradi

22 iyun 2026, 10:43
Yil boshida "Qo'qon-1912" jamoasiga kelib qo'shilgan jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi Anatoliy Kurlaev faoliyatini "Surxon"da davom ettiradi.

"Jamoamiz murabbiylar shtabida tajribali mutaxassis Anatoliy Kurlaev faoliyatini boshladi. U futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi bo'yicha murabbiy sifatida ish olib boradi.

Anatoliy Kurlaev jamoamiz bilan 2026-yil mavsumi yakuniga qadar mo'ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi.

Tajribali mutaxassis futbolchilik faoliyati davomida Yangier, Andijon, Metallurg, Sho'rtan, To'palang hamda Sug'diyona jamoalari safida to'p surgan.

Murabbiylik faoliyati davomida esa Oq-tepa, Bunyodkor o'rinbosarlar jamoasi, shuningdek Buxoro, Bunyodkor, Sug'diyona, Metallurg va Andijon klublarida faoliyat olib borgan. Shuningdek, u O'zbekiston U-17 terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlab, 2025-yilda jamoa bilan birgalikda Osiyo chempionligini qo'lga kiritilishida munosib hissa qo'shgan.

Tajribali mutaxassisning so'nggi ish joyi “Qo'qon-1912” futbol klubi bo'lib, u mazkur jamoada ham samarali faoliyat yuritgan.

Anatoliy Kurlaevga jamoamiz safidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!", - deyilgan surxonliklar matbuot xizmati taqdim etgan xabarda.

O'xshash yangiliklar


Manba: @FCSURXON_OFFICIAL