

Eslatib o'tamiz, kecha o'tkazilgan mashg'ulotlar vaqtida kataloniyaliklar ustozi Xans-Diter Flik UEFA vakillariga maydondagi o'tning balandligi va gazonning haddan tashqari quruqligidan shikoyat qilgan edi.
"Ular turli sabablar bilan shikoyat qilishdi, ammo UEFA hammasi joyida ekanligini aytdi. Kimgadir kalta soch turmagi yoqadi, kimgadir uzun - men uchun bu shunchaki bo'sh gaplar. Menimcha, hammasi ochiq-oydin ko'rinib turibdi, buni UEFA ham tasdiqladi.
Biz keyingi bosqichga chiqishimizga ishonaman. Ko'p yillardan beri bo'lgani kabi, Diego Simeonega to'liq ishonamiz. Har bir o'yin o'ziga xos va maydonda har qanday voqea sodir bo'lishi mumkin", - dedi Sereso.
Bugun Madridda kechadigan bahsda "Atletiko" dastlabki o'yindagi 2:0 hisobidagi ustunlikni saqlab qolishga harakat qiladi. Maydon holati haqidagi bahslar o'yin natijasiga ta’sir qiladimi yoki yo'q - buni tez orada bilib olamiz. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.



