"Atletiko" italiyalik futbolchini xarid qiladi

Alisher Ostonov
9 avg 2025
Jakomo Raspadori "Napoli"dan "Atletiko"ga o'tadi.

Klublar 22 mln evro va bonuslar sifatida 4 mln evrolik kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda insayder Fabricio Romano.

Neapolliklar o'tgan haftada 25 yoshli futbolchi uchun 30+5 mln evro olmoqchi ekani aytilgandi.

Hujumchi kecha ertalab "Atletiko"ga o'tishni istab, shaxsiy transfer shartlarini kelishib oldi. "Napoli" esa o'z navbatida futbolchini sotishga tayyor edi.

Raspadori o'tgan mavsum A Seriyada 26 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano