Arteta hakamlikni tanqid qilgani haqida: "Har bir inson futbolni yaxshilashga harakat qilishi kerak"

18 sen 2026, 20:34
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Sanderlend"ga qarshi APL uchrashuvidan (2:0) keyin hakamlikni tanqid qilgani haqida fikr bildirdi.

Ispaniyalik mutaxassis "Arsenal" darvozasiga Ezri Konsaning Deniel Ballardga nisbatan qoidabuzarligi uchun penalti belgilanganidan norozi bo'lgan edi. Artetaning fikricha, raqib futbolchisi dzyudodagi "yiqilib tashlash" usulidan foydalangan, Konsa esa hech qanday harakat qilmagan.

"Men bu yerda o'z fikrimni bildirish, klubimni himoya qilish va futbolchilarim uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilish uchunman. Buning uchun savollarga imkon qadar to'g'ri va halol javob berishim kerak. Bazida xato qilishim mumkin, ammo imkon qadar xolis bo'lishga harakat qilaman.

Bizda bunday vaziyatlarni muhokama qilish va o'z fikrimizni bildirish imkoniyati bor. Har bir insonning burchi - futbolni yaxshilashga harakat qilish", - dedi Arteta.

Mutaxassis hakamlikni nazorat qiluvchi Pro Ref tashkiloti bilan muloqot qilgan-qilmagani haqida ham gapirdi: "Bu suhbatlar maxfiyligicha qoladi va shunday bo'lishi kerak".

Arteta unga uzr so'rashlarini xohlaysizmi, degan savolga esa: "Gap uzrda emas. Muhimi, qaror boshqacha bo'lishi kerak edi, degan fikrga qo'shilamizmi va keyin birgalikda oldinga harakat qilamizmi - masala shunda", - deya javob berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC