

Unda mazkur sanagacha bo'lgan vaqt oralig'ida O'zbekiston Superligasi, O'zbekiston Kubogi, Proliga, Birinchi liga, U-21 chempionati hamda U-19 chempionati uchrashuvlarida ishtirokchilar tomonidan yo'l qo'yilgan qoidabuzarliklar yuzasidan qaror chiqarildi.
Superliga
“Paxtakor” – “Surxon”
Superliganing 18-turi doirasidagi “Paxtakor” – “Surxon” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+9-daqiqasida “Paxtakor” futbol klubi vakili Dilshod Karimov hakamni nomaqbul so'zlar bilan haqorat qilgani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Paxtakor” futbol klubi vakili Dilshod Karimovga nisbatan 4 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qo'llanilsin.
Superligasining 18-turi doirasidagi “Paxtakor” – “Surxon” uchrashuvi nazoratchisidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuv yakunlanganidan so'ng “Paxtakor” futbol klubi murabbiyi Branislav Radulovich uchrashuv nazoratchisini nomaqbul so'zlar bilan haqorat qilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Paxtakor” futbol klubi murabbiyi Branislav Radulovichga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.
Superliganing 18-turi doirasidagi “Paxtakor” – “Surxon” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra, uchrashuvning 12-daqiqasida “Paxtakor” futbol klubi futbolchisi Xojiakbar Alijonov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Paxtakor” futbol klubi futbolchisi Hojiakbar Alijonovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Superliganing 18-turi doirasidagi “Paxtakor” – “Surxon” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra, uchrashuvdan so'ng “Paxtakor” futbol klubi futbolchisi Akmal Mozgovoy hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Paxtakor” futbol klubi futbolchisi Akmal Mozgovoyga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Superliganing 18-turi doirasidagi “Paxtakor” – “Surxon” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+9-daqiqasida “Paxtakor” futbol klubi vakili Dilshod Karimov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Paxtakor” futbol klubi vakili Dilshod Karimovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Superliganing 18-turi doirasidagi “Paxtakor” – “Surxon” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 89-daqiqasida “Surxon” futbol klubi futbolchisi Otabek Boymurodov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Surxon” futbol klubi futbolchisi Otabek Boymurodovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Superliganing 18-turi doirasidagi “Paxtakor” – “Surxon” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+10-daqiqasida “Surxon” futbol klubi futbolchisi Sarvar Abduxamidov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Surxon” futbol klubi futbolchisi Sarvar Abduxamidovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Neftchi” – “So'g'diyona”
Superliganing 18-turi doirasidagi “Neftchi” – “So'g'diyona” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 66-daqiqasida “So'g'diyona” futbol klubi futbolchisi Shohjahon Sultonmurodov to'p uchun kurashda oyog'ining tag qismi bilan raqib jamoa futbolchisining oyog'ining himoyalanmagan qismiga tepgani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “So'g'diyona” futbol klubi futbolchisi Shohjahon Sultonmurodovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qo'llanilsin.
“Dinamo” – “Paxtakor”
Superliganing 19-turi doirasidagi “Dinamo” – “Paxtakor” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 80-daqiqasida hamda uchrashuvning 85-daqiqalarida texnik hudud va mehmon jamoa zaxira o'rindig'i tomonga CIP sektorda o'tirgan muxlislar tomonidan turli buyumlar, xususan, elim idishlar uloqtirilgan. Undan tashqari, O'zPFL tomonidan taqdim etilgan maxsus fotosuratchilar uchun nimchalar “Dinamo” futbol klubi matbuot xizmati tomonidan akkreditatsiya(ruxsatnoma)si yo'q shaxslarga berilib maydon atrofida ushbu shaxslarni harakatlanishiga imkoniyat yaratganligi aniqlangan.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 79-moddasiga asosan “Dinamo” futbol klubiga jarima hamda “Dinamo” futbol klubining kelgusi bitta uy uchrashuvida stadionning CIP1, CIP2 va CIP3 sektorlariga tomoshabinlarning kirishiga taqiq qo'yish intizomiy jazo choralari qo'llansin.
“Buxoro” – “Neftchi”
Superliganing 18-turi doirasidagi “Buxoro” – “Neftchi” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra, uchrashuvning 70-daqiqasida “Neftchi” futbol klubi futbolchisi Xurshid G'iyosov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Neftchi” futbol klubi futbolchisi Xurshid G'iyosovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Superliganing 18-turi doirasidagi “Buxoro” – “Neftchi” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra, uchrashuvning 90-daqiqasida “Neftchi” futbol klubi futbolchisi Zoran Marushich hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Neftchi” futbol klubi futbolchisi Zoran Marushichga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Qo'qon-1912” – “Buxoro”
Superliganing 19-turi doirasidagi “Qo'qon-1912” – “Buxoro” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 78-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi murabbiyi Aleksandr Xomyakov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Buxoro” futbol klubi murabbiyi Aleksandr Xomyakovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Surxon” – OKMK
Superliganing 19-turi doirasidagi “Surxon” – OKMK uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 86-daqiqasida “Surxon” futbol klubi futbolchisi Muhammadali Musaxonov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Surxon” futbol klubi futbolchisi Muhammadali Musaxonovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Andijon” – “Xorazm”
Superliganing 19-turi doirasidagi “Andijon” – “Xorazm” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 83-daqiqasida “Xorazm” futbol klubi futbolchisi Nodirbek Abduxalikov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Xorazm” futbol klubi futbolchisi Nodirbek Abduxalikovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Mashal” – “Navbahor lochinlari”
Superliganing 19-turi doirasidagi “Mashal” – “Navbahor lochinlari” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 88-daqiqasida “Navbahor lochinlari” futbol klubi futbolchisi Alex Fernandes hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Navbahor lochinlari” futbol klubi futbolchisi Aleks Fernandesga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Qizilqum” – “Nasaf”
Superliganing 19-turi doirasidagi “Qizilqum” – “Nasaf” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+3-daqiqasida “Qizilqum” futbol klubi futbolchisi Shahzodbek Rahmatullaev hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Qizilqum” futbol klubi futbolchisi Shahzodbek Rahmatullaevga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Superliganing 19-turi doirasidagi “Qizilqum” – “Nasaf” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 73-daqiqasida “Qizilqum” futbol klubi murabbiyi Jamshid Saidov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Qizilqum” futbol klubi murabbiyi Jamshid Saidovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Nasaf” – “Neftchi”
Superliganing 20-turi doirasidagi “Nasaf” – “Neftchi” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 54-daqiqasida “Nasaf” futbol klubi futbolchisi Alibek Davronov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Nasaf” futbol klubi futbolchisi Alibek Davronovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Xorazm” – “So'g'diyona”
Superliganing 18-turi doirasidagi “Xorazm” – “So'g'diyona” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuv yakunlanganidan so'ng uchrashuv komissari va koordinatori tomonidan “So'g'diyona” futbol klubi vakillariga jamoa futbolchilari maxsus mikst zonadan harakatlanishlari kerakligi takidlaganida, “So'g'diyona” futbol klubi mamuri Jasur Ahmedov bepisand munosabatda bo'lib nomaqbul so'z ishlatgan holat aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 63-moddasiga asosan “So'g'diyona” futbol klubi mamuri Jasur Ahmedovga jarima intizomiy chorasi qo'llansin.
O'zbekiston Kubogi
“Neftchi” – “Paxtakor”
O'zbekiston Kubogining 1/8 final bosqichi doirasida o'tkazilgan “Neftchi” - “Paxtakor” uchrashuvi yuzasidan uchrashuv komissari tomonidan bildirgi taqdim etilgan.
Bildirgida qayd etilgan holatlarga ko'ra, mazkur uchrashuvni tashkil etish va o'tkazish jarayonida “Neftchi” futbol klubi tomonidan belgilangan talab va tartiblarga rioya etilmagan, jumladan, stadionda xavfsizlik, akkreditatsiya, texnik hududga kirish-chiqish va ommaviy axborot vositalari vakillarining faoliyatini tashkil etish bilan bog'liq qator kamchiliklarga yo'l qo'yilgan. Xususan:
· uchrashuv boshlanishidan oldin uchrashuv komissari tomonidan stadion binosining tom qismida, shu jumladan telekameralar uchun maxsus ajratilgan hududda begona shaxslar va muxlislarning bo'lishiga yo'l qo'yilmasligi lozimligi haqida ogohlantirilganiga qaramasdan, mazkur hududda muxlislar va boshqa begona shaxslar bo'lgan;
· stadionga tashrif buyurgan fotosuratchilar uchun maxsus ajratilgan joylarda o'tirish uchun zarur miqdorda stullar bilan taminlash choralari ko'rilmagan, o'rnatilgan stullar esa o'zini huquq-tartibot xodimi sifatida tanishtirgan shaxslar tomonidan egallangan;
· zaxira hakami uchun belgilangan joy va texnik tunnel hududida klubning xavfsizlik xodimlari, ichki ishlar organlari xodimlari, shuningdek, o'zini xavfsizlik xodimi sifatida tanishtirgan boshqa shaxslarning to'planishi oqibatida mazkur hududdan belgilangan maqsadda foydalanish imkoniyati cheklangan;
· Liga tomonidan fotosuratchilar uchun taqdim etilgan maxsus nimchalar “Neftchi” futbol klubining matbuot xizmati tomonidan tegishli akkreditatsiyasi (ruxsatnomasi) bo'lmagan shaxslarga berilgan. Buning natijasida mazkur shaxslarga maydon atrofida erkin harakatlanish imkoniyati yaratilgan;
· uchrashuv yakunlanganidan so'ng tribunadan begona shaxslarning, shu jumladan voyaga etmagan farzandlari bilan birgalikda, texnik hududga tushishi va mazkur hududda video tasvirga olish ishlarini amalga oshirishiga yo'l qo'yilgan;
· ayrim shaxslar klub xodimlari va xavfsizlik xodimlarining qonuniy talablariga bo'ysunmagan, shuningdek, bir qator begona shaxslarning jamoalar kiyim almashtirish xonalari yaqinida paydo bo'lishi natijasida tartibsizliklar yuzaga kelgan.
Yuqorida qayd etilgan holatlar uchrashuvni tashkil etish jarayonida klub tomonidan texnik va maxsus hududlarga kirishni nazorat qilish, akkreditatsiya talablariga rioya etilishini taminlash, xavfsizlik choralarini samarali tashkil etish hamda stadion hududida belgilangan tartibni saqlash bo'yicha etarli choralar ko'rilmaganligini ko'rsatadi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 60, 68, 81- moddalariga asosan “Neftchi” futbol klubiga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Navbahor lochinlari” – “Nasaf”
O'zbekiston kubogining 1/8 finali doirasidagi “Navbahor lochinlari” – “Nasaf” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvni tashkil qilishda “Navbahor lochinlari” futbol klubi qator kamchiliklarga yo'l qo'ygan. Jumladan, uchrashuvning 90+2-daqiqasida texnik hudud orqasi va CIP sektorlarda o'tirgan muxlislar tomonidan turli buyumlar, xususan, elim idishlar uloqtirilgani, gol urulgan vaqtda begona shaxslar yani qaydnomaga kiritilmagan shaxslar golni nishonlash uchun maydonga tushib ketishgani, uchrashuv yakunlanganidan so'ng “Navbahor lochinlari” futbol klubi FAN klubining bir nechta vakillari xavsizlik hodimlari qarshiligiga qaramasdan maydonga tushib tartibsizliklar keltirib chiqargani kabi holatlar aniqlangan.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 56, 60, 81-moddalariga asosan “Navbahor lochinlari” futbol klubiga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Proliga
“Olimpik-Mobiuz” – “BuxDU”
Proliganing 18-turi doirasidagi “Olimpik-Mobiuz” – “Buxoro DU” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 60-daqiqasida “Buxoro DU” futbol klubi futbolchisi Akobir To'raev to'p uchun kurashda oyog'ining tag qismi bilan raqib jamoa futbolchisining oyog'ining himoyalanmagan qismiga zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Buxoro DU” futbol klubi futbolchisi Akobir To'raevga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) jarima intizomiy jazo choralari qo'llanilsin.
“Olimpik-Mobiuz” – “Metallurg”
Proliganing 19-turi doirasidagi “Olimpik Mobiuz” – “Metallurg” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuv yakunlanganidan so'ng “Olimpik Mobiuz” futbol klubi murabbiyi Maxsudjon Zokirov hakamni haqorat qilgani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Olimpik Mobiuz” futbol klubi murabbiyi Maxsudjon Zokirovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qo'llanilsin.
“G'azalkent” – “Yaypan”
Proliganing 19-turi doirasidagi “G'azalkent” – “Yaypan” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 40-daqiqasida “G'azalkent” futbol klubi futbolchisi Feruzbek Olimov qo'li bilan raqib jamoa futbolchisini elkasiga zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “G'azalkent” futbol klubi futbolchisi Feruzbek Olimovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qo'llanilsin.
“BuxDU” – “Kattaqo'rg'on”
Proliganing 19-turi doirasidagi “Buxoro DU” – “Kattaqo'rg'on” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning birinchi bo'limidan so'ng “Buxoro DU” futbol klubi futbolchisi Behruz Shodmonov qo'li bilan jamoadoshini yuziga urgani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Buxoro DU” futbol klubi futbolchisi Behruz Shodmonovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy choralari qo'llanilsin.
Proliganing 19-turi doirasidagi “Buxoro DU” – “Kattaqo'rg'on” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 66-daqiqasida “Buxoro DU” futbol klubi futbolchisi Sardorbek Izzatov to'p uchun kurashda oyog'ining tag qismi bilan raqib jamoa futbolchisining qorin qismiga zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Buxoro DU” futbol klubi futbolchisi Sardorbek Izzatovga nisbatan 4 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qo'llanilsin.
“TerDU” – “Yaypan”
Proliganing 15-turi doirasidagi “TerDU” – “Yaypan” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra “TerDU” futbol klubi tegishli musoba Reglamenti talabini bajarmaganligi, yani uchrashuv qaydnomasiga shifokorni kiritmagani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 77-moddasiga asosan “TerDU” futbol klubiga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“TerDU” – “Metallurg”
Proliganing 16-turi doirasidagi “TerDU” – “Metallurg” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra “TerDU” futbol klubi tegishli musoba Reglamenti talabini bajarmaganligi, yani uchrashuv qaydnomasiga shifokorni kiritmagani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 77-moddasiga asosan “TerDU” futbol klubiga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Paxtakor” – “TerDU”
Proliganing 17-turi doirasidagi “Paxtakor” – “TerDU” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra “TerDU” futbol klubi tegishli musobaqa Reglamenti talabini bajarmaganligi, yani uchrashuv qaydnomasiga shifokorni kiritmagani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 77-moddasiga asosan “TerDU” futbol klubiga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“TerDU” – “Jayxun”
Proliganing 18-turi doirasidagi “TerDU” – “Jayxun” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra “TerDU” futbol klubi tegishli musoba Reglamenti talabini bajarmaganligi, yani uchrashuv qaydnomasiga shifokorni kiritmagani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 77-moddasiga asosan “TerDU” futbol klubiga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Proliganing 18-turi doirasidagi “TerDU” – “Jayxun” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 70-daqiqasida “TerDU” futbol klubi futbolchisi Diyorbek Rashidov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “TerDU” futbol klubi futbolchisi Diyorbek Rashidovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Proliganing 18-turi doirasidagi “TerDU” – “Jayxun” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 74-daqiqasida “TerDU” futbol klubi futbolchisi Sardorbek Qo'zimurodov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “TerDU” futbol klubi futbolchisi Sardorbek Qo'zimurodovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Proliganing 18-turi doirasidagi “TerDU” – “Jayxun” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 74-daqiqasida “TerDU” futbol klubi futbolchisi Lutfulla G'aniev hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “TerDU” futbol klubi futbolchisi Lutfulla G'anievga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Sho'rtan” – “TerDU”
Proliganing 19-turi doirasidagi “Shortan” – “TerDU” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra “TerDU” futbol klubi tegishli musobaqa Reglamenti talabini bajarmaganligi, yani uchrashuv qaydnomasiga shifokorni kiritmagani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 77-moddasiga asosan “TerDU” futbol klubiga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Proliganing 19-turi doirasidagi “Sho'rtan” – “TerDU” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 69-daqiqasida “TerDU” futbol klubi futbolchisi O'ral Choriev hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “TerDU” futbol klubi futbolchisi O'ral Chorievga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Olimpik-Mobiuz” – “Aral”
Proliganing 16-turi doirasidagi “Olimpik Mobiuz” – “Aral” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 23-daqiqasida “Olimpik Mobiuz” futbol klubi murabbiyi Maxsudjon Zokirov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Olimpik Mobiuz” futbol klubi murabbiyi Maxsudjon Zokirovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Kattaqo'rg'on” – “G'azalkent”
Proliganing 16-turi doirasidagi “Kattaqo'rg'on” – “G'azalkent” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 56-daqiqasida “G'azalkent” futbol klubi futbolchisi Abdurahmon Abdullaev hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “G'azalkent” futbol klubi futbolchisi Abdurahmon Abdullaevga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Aral” – “Kattaqo'rg'on”
Proliganing 17-turi doirasidagi “Aral” – “Kattaqo'rg'on” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 89-daqiqasida “Kattaqo'rg'on” futbol klubi futbolchisi Sardor Kobuljanov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Kattaqo'rg'on” futbol klubi futbolchisi Sardor Kobuljanovga intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Buxoro DU” – “Metallurg”
Proliganing 17-turi doirasidagi “Buxoro DU” – “Metallurg” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 66-daqiqasida “Metallurg” futbol klubi futbolchisi Sherzodjon Komilov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Metallurg” futbol klubi futbolchisi Sherzodjon Komilovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Sho'rtan” – “QarshiDU”
Proliganing 17-turi doirasidagi “Sho'rtan” – “Qarshi DU” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+1-daqiqasida “Qarshi DU” futbol klubi futbolchisi Shaxboz Jo'raev o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Qarshi DU” futbol klubi futbolchisi Shahboz Jo'raevga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Aral” – “QarshiDU”
Proliganing 19-turi doirasidagi “Aral” – “Qarshi DU” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 74-daqiqasida “Qarshi DU” futbol klubi futbolchisi Asadbek Samariddinov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Qarshi DU” futbol klubi futbolchisi Asadbek Samariddinovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Farg'ona DU” – “Aral”
Proliganing 18-turi doirasidagi “Farg'ona DU” – “Aral” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuv yakunlanganidan so'ng “Farg'ona DU” futbol klubi murabbiyi Ulug'bek Ismoiljonov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Farg'ona DU” futbol klubi murabbiyi Ulug'bek Ismoiljonovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Yaypan” – “Sho'rtan”
Proliganing 18-turi doirasidagi “Yaypan” – “Sho'rtan” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 88-daqiqasida “Sho'rtan” futbol klubi futbolchisi Sirojiddin Qo'ziev hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Sho'rtan” futbol klubi futbolchisi Sirojiddin Qo'zievga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Proliganing 18-turi doirasidagi “Yaypan” – “Sho'rtan” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+1-daqiqasida “Sho'rtan” futbol klubi futbolchisi Javohir Abdualimov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Sho'rtan” futbol klubi futbolchisi Javohir Abdualimovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Proliganing 18-turi doirasidagi “Yaypan” – “Sho'rtan” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 67-daqiqasida “Sho'rtan” futbol klubi futbolchisi Iskandar Shayqulov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Sho'rtan” futbol klubi futbolchisi Iskandar Shayqulovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
U-21 chempionati
Mashal U21 – Andijon U21
U21 chempionatining 18-turi doirasidagi “Mashal U21” – “Andijon U21” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 14-daqiqasida “Andijon U21” futbol klubi futbolchisi Hamidullo Karimov to'p uchun kurashda oyog'ining tag qismi bilan raqib jamoa futbolchisining qorin qismiga ataylab zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Andijon” futbol klubi futbolchisi Hamidullo Karimovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy choralari qo'llanilsin.
Andijon U21 – Xorazm U21
U21 chempionatining 18-turi doirasidagi “Andijon U21” – “Xorazm U21” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 40-daqiqasida “Andijon U21” futbol klubi futbolchisi Yahyobek Yo'ldoshaliev to'p uchun kurashda oyog'ining tag qismi bilan raqib jamoa futbolchisining oyog'ining himoyalanmagan qismiga zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Andijon” futbol klubi futbolchisi Yahyobek Yo'ldoshalievga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qo'llanilsin.
Qizilqum U21 – Buxoro U21
U21 chempionatining 20-turi doirasidagi “Qizilqum U21” – “Buxoro U21” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 67-daqiqasida “Qizilqum U21” futbol klubi futbolchisi Asadbek Baxshilloev yordamchi hakamni nomaqbul so'zlar bilan haqorat qilgani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Qizilqum” futbol klubi futbolchisi Asadbek Baxshilloevga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qo'llanilsin.
U21 chempionatining 20-turi doirasidagi “Qizilqum U21” – “Buxoro U21” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvdan so'ng “Buxoro U21” futbol klubi futbolchisi Shahzod Ibragimov zo'ravon xatti-harakatlar qilib, qo'li bilan raqib futbolchisining bo'yin qismiga zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Buxoro” futbol klubi futbolchisi Shahzod Ibragimovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy choralari qo'llanilsin.
Nasaf U21 – Neftchi U21
U21 chempionatining 20-turi doirasidagi “Nasaf U21” – “Neftchi U21” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 63-daqiqasida “Nasaf U21” futbol klubi futbolchisi Mirshodbek Suyunov hamda “Neftchi U21” futbol klubi futbolchisi Javohirbek Mahmudovlar o'zaro zo'ravon xatti-harakatlar qilib tartibsizlik keltirib chiqargani uchun har ikkala futbolchiga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Nasaf” futbol klubi futbolchisi Mirshodbek Suyunovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qo'llanilsin.
O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Neftchi” futbol klubi futbolchisi Javohirbek Mahmudovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qo'llanilsin.
OKMK U21 – Paxtakor U21
U21 chempionatining 21-turi doirasidagi OKMK U21 – “Paxtakor U21” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 63-daqiqasida OKMK U21 futbol klubi futbolchisi Behruz Islomov yon chiziqdan to'pni o'yinga kiritish vaqtida to'pni ataylab raqib jamoa futbolchisining yuziga otganligi uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan OKMK futbol klubi futbolchisi Behruz Islomovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qo'llanilsin.
Andijon U21 – Qo'qon-1912 U21
U21 chempionatining 21-turi doirasidagi “Andijon U21” – “Qo'qon-1912 U21” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvdan so'ng “Andijon U21” futbol klubi murabbiyi Anvarjon Nazirov uchrashuv hakamlarini namoyishkorona tarzda haqorat qilganligi va hakamlar xonasiga kirib tajovuzkor harakatlar qilgani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Andijon” futbol klubi murabbiyi Anvarjon Nazirovga nisbatan 4 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qo'llanilsin.
U21 chempionatining 21-turi doirasidagi “Andijon U21” – “Qo'qon-1912 U21” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuv yakunlanganidan so'ng stadionga tashrif buyurgan muxlislar uchrashuv hakamlariga qarata nomaqbul so'zlar ishlatib haqorat qilgani, elim idishlar uloqtirishgani oqibatida tartibsizlik kelib chiqqani holat aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 81-moddasiga asosan “Andijon” futbol klubiga jarima hamda “Andijon” futbol klubi U21 jamoasining kelgusi bitta uy uchrashuvida stadionga tomoshabinlarning kirishiga taqiq qo'yish intizomiy jazo choralari qo'llansin.
Birinchi liga
“Namangan FA” - “Do'stlik”
Birinchi liganing 12-turi doirasidagi “Namangan FA” – “Do'stlik” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+2-daqiqasida “Do'stlik” futbol klubi futbolchisi Sardor Asatillaev zo'ravon xatti-harakatlar qilib, to'pni raqib jamoa futbolchisidan olish jarayonida ikki qo'li bilan uning elka qismiga turtgani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Do'stlik” futbol klubi futbolchisi Sardor Asatillaevga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.
“Sirdaryo FA” – “Sherdor”
Birinchi liganing 11-turi doirasidagi “Sirdaryo FA” – “Sherdor” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 51-daqiqasida “Sirdaryo FA” futbol klubi futbolchisi Shohruzbek Tirkachev oyog'ining tag qismi bilan raqib jamoa futbolchisining oyog'iga zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Sirdaryo FA” futbol klubi futbolchisi Shohruzbek Tirkachevga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.
“Nasaf FJ” – “Azur”
Birinchi liganing 13-turi doirasidagi “Nasaf FJ” – “Azur” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 10-daqiqasida “Nasaf FJ” futbol klubi futbolchisi Sarvarbek Rahimov oyog'ining tag qismi bilan raqib jamoa futbolchisining oyog'iga zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Nasaf FJ” futbol klubi futbolchisi Sarvarbek Rahimovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.
Sherdor – Lokomotiv-BFK
Birinchi liganing 14-turi doirasidagi “Sherdor” – “Lokomotiv-BFK” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 80-daqiqasida “Sherdor” futbol klubi futbolchisi Javohir Mehriddinov to'p uchun kurashda oyog'ining tag qismi bilan raqib jamoa futbolchisining oyog'iga zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Sherdor” futbol klubi futbolchisi Javohir Mehriddinovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.
Barkamol – Andijon FA
Birinchi liganing 14-turi doirasidagi “Barkamol” – “Andijon FA” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 32-daqiqasida “Andijon FA” futbol klubi futbolchisi Muhammaddiyor Baxtiyorjonov to'psiz vaziyatda qo'li bilan raqib jamoa futbolchisining yuziga zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Andijon FA” futbol klubi futbolchisi Muhammaddiyor Baxtiyorjonovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.
Toshkent VFA – Oqtepa
Birinchi liganing 14-turi doirasidagi “Toshkent VFA” – “Oqtepa” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvdan so'ng “Toshkent VFA” futbol klubi futbolchisi Ravshan Ermamatov uchrashuv hakamini nomaqbul so'zlar bilan haqorat qilgani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Toshkent VFA” futbol klubi futbolchisi Ravshan Ermamatovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.
Havokand – Cementchi
Birinchi liganing 11-turi doirasidagi “Havokand” – “Cementchi” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra “Havokand” futbol klubi tegishli musobaqa Reglamenti talabini bajarmaganligi, yani uchrashuv qaydnomasiga shifokorni kiritmagani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 77-moddasiga asosan “Havokand” futbol klubiga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Cementchi – Andijon FA
Birinchi liganing 12-turi doirasidagi “Cementchi” – “Andijon FA” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra “Cementchi” futbol klubi tegishli musobaqa Reglamenti talabini bajarmaganligi, yani uchrashuv komissari xonasi internet tarmog'i bilan taminlanmagani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 77-moddasiga asosan “Cementchi” futbol klubiga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Lokomotiv FJ – Barkamol
Birinchi liganing 13-turi doirasidagi “Lokomotiv FJ” – “Barkamol” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra “Lokomotiv FJ” futbol klubi murabbiyi Sarvar Otabaev uchrashuv qaydnomasini to'ldirish jarayonida uchrashuv komissariga yolg'on ma'lumot berib, uchrashuvga kelmagan “Lokomotiv FJ” futbol klubi vakili Artur Guseynovni uchrashuv qaydnomasiga kiritgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 77-moddasiga asosan “Lokomotiv FJ” murabbiyi Sarvar Otabaevga jarima intizomiy chorasi qo'llansin.
U-19 chempionati
Kattaqo'rg'on U19 – Guliston U19
U19 chempionatining 12-turi doirasidagi “Kattaqo'rg'on U19” – “Guliston U19” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 76-daqiqasida “Guliston U19” futbol klubi futbolchisi Javohir Nazarqulov uchrashuv hakamini nomaqbul so'zlar bilan haqorat qilgani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Guliston U19” futbol klubi futbolchisi Javohir Nazarqulovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.
Neftchi U19 – Bunyodkor U19
U19 chempionati 11-turi doirasidagi “Neftchi U19” – “Bunyodkor U19” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 77-daqiqasida “Bunyodkor U19” futbol klubi futbolchisi Shovkatjon Toshmuratov to'psiz vaziyatda raqib jamoa futbolchisining yuz qismiga zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Bunyodkor U19” futbol klubi futbolchisi Shovkatjon Toshmuratovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.


