Arteta Gimaraes haqida: “Menimcha, u haqiqiy jangchi, shu bilan birga, ajoyib mahorat egasi”

Sherzod Nurmatov
11 avg 2026, 14:50
“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bruno Gimaraesning transferiga munosabat bildirdi.

28 yoshli futbolchi “kanonirlar” bilan 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan, yana bir mavsumga uzaytirish huquqiga ega shartnoma imzoladi.

OAV xabarlariga ko'ra, Gimaraesning “Nyukasl”dan transfer summasi 75 million funtni tashkil etgan.

“Menimcha, u o'zini haqiqiy jangchi deb tariflaydi. Ammo u shunchaki jangchi emas, balki ajoyib mahorat, maydonni ko'ra olish qobiliyati, yetakchilik sifatlari va xarizmaga ega futbolchi. Bu bizga yordam beradi va jamoada yangi bir shijoat olovini yoqadi.

Uning o'tishidan juda mamnunman. U ilk kunlardayoq mashg'ulot bazasiga olib kirgan kuchli energiyasi, bu erga kelib klub bilan birga buyuk tarix yaratishga bo'lgan chanqoqligi va xohishini aniq ko'rib turibmiz. Bu aynan bizga kerak bo'lgan ambiciyalardir.

Keyingi darajaga chiqishni xohlaymiz va tashkilotdagi har bir insonni yanada yuqoriroq marralarga undash uchun aynan shunday xarakter va intilishga ega o'yinchilar zarurligiga to'liq ishonamiz”, – dedi Arteta.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC