"Nimani his qilyapman? Og'riq". Arteta "Arsenal"ning LCH finalidagi mag'lubiyatidan keyin fikr bildirdi

31 may 2026, 07:50
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar ligasi finalida PSJdan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini o'rtoqlashdi.

"Ushbu musobaqada finalgacha juda barqaror harakat qilib, yakunda sovrinni penaltilar seriyasida boy berish juda og'ir. Bu murakkab vaziyat.

Nimani his qilyapman? Og'riq. Dunyodagi eng yirik klublar turnirida g'alabaga shunchalik yaqin bo'lganingda va hammasi bir nechta penaltiga bog'liq bo'lib qolganida, aynan shunday hissiyot bo'lishi kerak. Biz bu og'riqni kuchga aylantirishimiz lozim.

Mag'lubiyatdan keyin futbolchilarimga nima dedim? Men ular bilan juda faxrlanaman. Ular bizga juda ko'p quvonch bag'ishlashmoqda. Bu futbolchilar guruhiga, bu jamoaga ustozlik qilish men uchun katta sharaf. Ular ushbu emblemani qanday faxr bilan taqib yurishlarini, unga qanchalik borliqlarini bag'ishlashlarini ko'rib turibman. Biz ko'p narsaga erishdik, lekin eng asosiysini qo'ldan chiqardik", - dedi Arteta.

O'xshash yangiliklar


Manba: UEFA.com