

“To'pchilar” yangi hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi, o'tgan yozda esa buni amalga oshira olishmagan edi. Avvalroq matbuotda argentinalik Xulian Alvares va braziliyalik Vinisius Juniorga London top klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.
Mikel Arteta shogirdlari Angliya Premer-ligasining yangi mavsumini ikkita g'alaba bilan boshlashdi. "Arsenal" olti ochko jamg'arib, turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.
"Kanonerlar" navbatdagi uchrashuvni mehmonda "Chelsi"ga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv bugun bo'lib o'tadi.



