Arbeloa "Barselona"ga chempionlikni taminlab qo'yishi mumkin bo'lgan "el klasiko" haqida gapirdi

4 may 2026, 09:20
"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa La Liga 35-turida "Barselona"ga qarshi bo'ladigan "el klasiko" haqida fikr bildirdi.

O'yin 10 may kuni Barselonada bo'lib o'tadi. Ushbu uchrashuvda katalonlar chempionlikni o'zlariga taminlab qo'yishlari mumkin.

"Oldinda principial raqib bilan muhim o'yin turibdi, ular hozir yuqori darajada o'ynashmoqda. Bu o'yin muxlislar uchun ham, biz uchun ham alohida muhim. Biz yaxshi dam olamiz va sifatli tayyorgarlik ko'ramiz", - dedi Arbeloa Marca nashriga.

34 turdan so'ng "Qirollik klubi" 77 ochko to'plab, turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda. 34 o'yindan keyin 88 ochko to'plagan "Barselona" yetakchilik qilmoqda.


Manba: Marca