BBC Lev Yashinni bir klubda o'ynagan tarixdagi eng yaxshi 10 futbolchi qatoriga kiritdi

"Dinamo" sobiq darvozaboni Lev Yashin BBC versiyasi bo'yicha butun faoliyatini bir klubda o'tkazgan eng yaxshi futbolchilar reytingiga kirdi.

Dunyoda "Oltin to'p" olgan yagona darvozabon 9-o'rinni egalladi. Reytingni Franchesko Totti ("Roma") boshqargan, ikkinchi o'rinni Paolo Maldini ("Milan") oldi, uchinchi o'rinni esa Rayan Giggz ("Manchester Yunayted") yopdi.

Top-10 ga shuningdek Toni Adams ("Arsenal"), Karles Puyol ("Barselona"), Djeymi Karrager ("Liverpul"), Mett Le Tisse ("Sautgempton"), Djuzeppe Bergomi ("Inter") va Inyaki Uilyams ("Atletik" Bilbao) kirdi.


Manba: BBC