

19 yoshli fransiyalik futbolchi uchun kurashda quyidagi klublar ishtirok etmoqda: "Manchester Yunayted”, "Manchester Siti”, "Liverpul”, "Chelsi”, "Arsenal”, "Nyukasl”,
"Tottenxem" va "Aston Villa”. Krupi "olchalar" bilan 2030 yil iyun oyi oxirigacha bo'lgan shartnomaga ega. Futbolchining bozor narxi 22 million evroni tashkil etadi.
Fransiyalik futbolchi Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 21 ta uchrashuv o'tkazib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.



