“Manchester Yunayted” “gol mashinasi”ga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
3 avg 2026, 13:55
“Manchester Yunayted” hujum chizig'ini yana bir yuqori darajadagi futbolchi bilan kuchaytirish uchun poydevor qo'ymoqda.

Insayder Ben Jeykobsning so'zlariga ko'ra, MYU rahbariyati “Brentford” hujumchisi Igor Tiagoning yozgi transferini muhokama qilmoqda. “Qizil iblislar” vakillari braziliyalik forvardning poziciyasi va ehtimoliy bitim shartlarini bilish uchun uning atrofidagi insonlar bilan allaqachon bog'lanishgan. Muzokaralar hozircha boshlang'ich bosqichda.

2.jpg

Ayni vaqtda “Manchester Yunayted”ning asosiy ustuvor maqsadi markaziy yarim himoyachi va chap qanot himoyachisi bo'lib qolmoqda. Aynan shu sababli klub hujumchi bo'yicha muzokaralarning faol bosqichiga hali o'tgani yo'q.

Tiago bo'yicha bitim, shuningdek, Joshua Zirkzeening kelajagiga ham bevosita bog'liq bo'lishi mumkin. Agar niderlandiyalik futbolchi jamoani tark etsa, “qizil iblislar”da hujum chizig'ida qo'shimcha o'rin paydo bo'ladi va ular braziliyalik hujumchini sotib olish jarayonini tezlashtirishlari mumkin.

Takidlash joizki, 2025/26 yilgi mavsumda braziliyalik forvard barcha musobaqalarda 40 o'yinda maydonga tushib, 25 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Premer-ligada esa forvard raqiblar darvozasini 22 marotaba ishg'ol etgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Manchester Evening News