Xaverc chempionlik mavsumidan so'ng “Arsenal”ning vazifasini ma'lum qildi

Sherzod Nurmatov
3 avg 2026, 16:30
“Arsenal” hujumchisi Kay Xaverc Premer-ligadagi g'alabadan so'ng London klubi 2026/27 yilgi mavsumda barcha mumkin bo'lgan sovrinlar uchun kurashish niyatidalagini aytdi.

“Kanonirlar” o'tgan mavsum 22 yil ichida ilk bor Angliya chempioni bo'ldi. Bundan tashqari, jamoa Chempionlar Ligasi finaliga qadar yetib borib, penaltilar seriyasida “Pari Sen-Jermen”ga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Xavercning hisoblashicha, endi jamoa keyingi qadamni tashlashga tayyor.

“Biz barcha kuboklarni qo'lga kiritishni xohlaymiz. Aynan shuning uchun ham shu yerdamiz. Biz allaqachon Angliya chempioni bo'ldik, ammo bundan ham kattaroq yutuqlarga erishishga qodirmiz.

Biz yangi darajaga chiqishimiz kerak, chunki mavsum juda uzoq va og'ir, kurash esa bir vaqtning o'zida barcha musobaqalarda kechadi. Biz yanada kuchliroq bo'lishni va yana ulkan muvaffaqiyatlarga erishishni istaymiz”, – dedi Xaverc.

Takidlash joizki, Premer-ligadagi butun tarixi davomida “Arsenal”ga hali biror marotaba ham chempionlik unvonini himoya qilish nasib etmagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN