Braziliyadagi o'yin vaqtida 15 yoshli futbolchi otib o'ldirildi

Sherzod Nurmatov
3 avg 2026, 14:20
Braziliyaning Maseyo shahrida “Sentro Sportivo Alagoano” yoshlar jamoasining 15 yoshli futbolchisi Mikael Leandro da Silva o'rtoqlik o'yini vaqtida otib ketildi.

“Globo” nashri ma'lumotlariga ko'ra, otishmani taqiqlangan moddalar savdosi bilan shug'ullanuvchi jinoiy guruh vakillari sodir etgan. Halok bo'lgan o'smirdan tashqari, boshqa odamlar ham jarohat olishgan. Fuqarolik policiyasi xodimlari hodisa guvohlarini so'roq qilishga kirishdi.

4.jpg

“Sentro Sportivo Alagoano” klubi o'z ijtimoiy tarmoqlarida futbolchining vafotini tasdiqladi hamda uning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

“Sentro Sportivo Alagoano” 15 yoshgacha bo'lgan jamoamiz a'zosi bo'lgan yosh Mikael Leandro da Silvaning vafotidan chuqur qayg'uda. Ushbu og'ir damlarda uning do'stlari va oilasiga hamdardlik bildiramiz. Vakolatli organlar ushbu shafqatsiz jinoyatni surishtirib, haqiqatni yuzaga chiqarishiga umid qilamiz”, – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Globo