“Manchester Yunayted” darvozaboni faoliyatini La Ligada davom ettiradi

Sherzod Nurmatov
3 avg 2026, 16:05
MYU darvozaboni Altay Bayindir Angliya klubini tark etishga yaqin turibdi.

Ispaniya OAVning xabar berishicha, 28 yoshli darvozabon faoliyatini ijara huquqi asosida “Selta”da davom ettiradigan bo'ldi.

“Metropolitano” ma'lumotlariga qaraganda, bitim yakuniy bosqichda va rasmiy e'lon keyingi haftadayoq amalga oshishi mumkin. To'liq rasmiylashtiruvdan so'ng turkiyalik posbon Italiyadagi mashg'ulot yig'inida yangi jamoasiga borib qo'shilishi kutilmoqda.

2.jpg

Bayindir “Manchester Yunayted”ga 2023 yilning yozida o'tgandi, ammo asosiy tarkibdan muqim o'rin ola bilmadi. Uch mavsum davomida turkiyalik darvozabon mankunianlar safida bor-yo'g'i 17 ta o'yinda maydonga tushdi. Jamoaga Senne Lammens kelgani va erkin agent sifatida Karl Darlou bilan shartnoma imzolanganidan so'ng uning maydonga tushish imkoniyatlari yanada kamaydi, bu esa tomonlarni yangi klub izlashga undadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Metropolitano