Anchelotti Superkubok finali haqida: "Biz qasos olish uchun o'ynamaymiz"

Aslanov Jasurbek
13 yanv 2024
Karlo Anchelotti "Barselona"ga qarshi bahsdan avval "Real"ning imkoniyatlarini baholadi.

Jamoalar Ispaniya Superkubogi finalida to'qnash kelishadi.

"Superkubok ertaga yakuniga etadi. Bu klubimiz imiji uchun muhim sovrin. Klasiko imkoniyatlarni tenglashtiradi. "Real" biroz yaxshiroq holatda bo'lishi mumkin. "Qirollik klubi" qasos olish uchun o'ynamaydi. Yigitlar bor kuchini ishga solishadi, chunki klubning talablari shunday.

O'tgan mavsum bizni mag'lub etgan raqibni hurmat qilamiz, ammo har doimgidek sovrinlarga chanqoqmiz" - deydi Anchelotti.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca