Allegri: "Faqatgina "Napoli" bu erda g'alaba qozongan"

Mirjalol Normatov
24 dek 2023
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri A Seriyada "Frozinone" ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.

"Yaxshi o'yin o'tkazdik, bu stadionda faqatgina "Napoli" g'alaba qozona olgandi. Bu erda mo'jizaviy atmosfera hukmron, biror jamoaga oson bo'lmaydi.

Birinchi taymda qiynaldik, ko'plab vaziyatlar yaratdik va faqatgina bir gol urdik. Bu normal holat. Ikkinchi bo'limda esa qanotlarni kuchaytirdik.

O'tkazib yuborilgan golni hali ko'rmadim, ammo bunday vaziyatda yaxshiroq o'ynashimiz kerak edi. Nima bo'lganda ham golga munosib javob berdik.

Yildiz va Dushan uchun xursandman. Bizning jamoamiz doimo oxirigacha kurashadi va mag'lub bo'lishni istamaydi", - dedi Allegri.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia