

O'yindan keyingi matbuot anjumanida "Buxoro" jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz?
- O'yin qanday kechishini bilgandim. Juda asabiy bahs bo'ldi. To'g'ri, saviyalar turlicha, lekin biz bugun Proliga jamoasiga o'xshab qoldik. Raqib qanday harakat qilgan bo'lsa, biz ham shunday o'ynadik. Raqib yaxshi o'yin ko'rsatdi, tarkibdagi mahalliy buxorolik futbolchilar o'zlarini ko'rsatishga harakat qilishdi. O'yinimiz sifati haqida gapiradigan bo'lsam, umuman ko'rinmadi. Faqat natijadan qoniqdim, o'yindan emas. Muammolarimiz bor va shularni hal etish ustida ishlashimiz kerak. Hayot to'xtab qolmaydi, biz ham ishlashda davom etamiz. O'z o'yinimizni qidirishda davom etamiz, balki futbolchilarni ham axtararmiz.
- "Buxoro" jamoasining Kubokda o'ynash xohishi bormi?
- Bor, albatta. Lekin xohish bilan imkoniyat orasida farq bo'ladi. O'z imkoniyatimiz qaysi bosqichgacha ekanini bilmayman, futbol shunisi bilan qiziq. Klassik filmda aytadiku, "Xohish bor, lekin imkon yo'q". Albatta, Kubok finalida o'ynash jamoamiz uchun yuqori daraja bo'ladi. Kubok orqali Osiyo maydonlarida ishtirok etish mumkin, buni hamma jamoalar tushunib qoldi va Kubok uchun kurash zo'r kechadi deb o'ylayman. Men ham finalga borishni istayman, faqat buning uchun oldin guruhdan chiqishimiz kerak.



