Championat.asia hamda Transfermarkt O'zbekiston Superligasining avgustdagi eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqladi

Sherzod Nurmatov
29 avg 2026, 14:00
Ikki sayt hamkorligi doirasida Superliganing avgust oyidagi eng yaxshi murabbiyi va eng yaxshi futbolchisi aniqlandi.

Ovoz berish jarayonida Championat.asia xodimlari, Transfermarkt rusiyzabon tahririyati rahbari Georgiy Lekarev hamda taklif etilgan ekspert - futbol sharhlovchisi Otabek Jo'raev ishtirok etdi.

Avgust oyida Superliganing eng yaxshi murabbiyi Aleksandr Xomyakov bo'ldi. Uning boshchiligida "Buxoro" 5 ta o'yinda 3 ta g'alabaga erishdi (jumladan, O'zbekistonning amaldagi chempioni "Neftchi" ustidan 4:1 hisobida), shuningdek, safarda "Paxtakor" bilan durang o'ynadi (o'yin davomida 0:2 hisobida ortda qolib, 2:2). Xomyakov 44% ovoz to'pladi, ikkinchi o'rinni esa kichik farq bilan "Navbahor" ustozi Timur Kapadze (40%) egalladi.

So'rovnomalarimiz tariximida ilk bor Superligada oyning eng yaxshi futbolchisi deb bir vaqtning o'zida ikki o'yinchi tan olindi: "Buxoro" vingeri Vladimir Rodich va "Navbahor" hujumchisi Husayn Norchaev 28 foizdan ovoz yig'ishdi. Rodich hisobida 5 ta o'yinda "gol+pas" tizimi bo'yicha 3+1 ochko bor, ular orasida "Paxtakor"ga urilgan gol va "Neftchi"ga qarshi g'alabali o'yindagi ikkita samarali harakat (bitta gol va bitta assist) mavjud. Norchaev esa beshta o'yinda oltita to'p kiritdi ("Xorazm"ga qarshi poker + "Surxon" va "Bunyodkor" darvozasiga bittadan gol) hamda ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Ovoz berishda uchinchi o'rinni "Buxoro" yarim himoyachisi Sherzod Esanov egalladi - uning hisobida 5 ta uchrashuvda 3 ta gol va 1 ta assist bor (24% ovoz).

Igrok_i_trener_avgusta_v_Superlige_2026.png

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia