“Al Nassr“ Piolining o'rniga boshqa bir italiyalik murabbiy bilan shartnoma imzolamoqchi

Khoja
13 iyun 2025
Yaqinda Italiya terma jamoasini tark etgan Luchano Spalletti faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin.

Unga “Al Nassr“ qiziqish bildirmoqda. Rahbariyat tez orada amaldagi bosh murabbiy Stefano Piolini iste'foga chiqarish niyatida.

Eslatib o'tamiz, “Al Nassr“ o'tgan mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida 3-o'rini qo'lga kiritdi. Shuningdek, Elit OCHLda yarim finalda mag'lub bo'ldi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com