“Surxon” “So'g'diyona”ga qarshi o'yindan boshlab raqiblarini Olmaliqda qabul qiladi

Sherzod Nurmatov
27 iyul 2026, 16:00
“Surxon Arena” stadioni bilan bog'liq holat Liga tomonidan ochiqlangandi.

“Surxon” klubi shundan keyin ham raqiblarini qaysi stadionda qabul qilishi masalasini Superliga reglamenti talabi asosida o'z vaqtida hal qilmagani oqibatida klubning “Dinamo” va “Navbahor”ga qarshi uy uchrashuvlari raqib jamoalar maydoniga ko'chirildi. Faqatgina shundan keyin “Surxon” neytral stadion masalasini hal qildi.

Ligaga ma'lum qilinishicha, endilikda “Surxon” raqiblarini Olmaliq shahrida qabul qiladi. Superliga 17-turidan o'rin olgan “Surxon” – “So'g'diyona” uchrashuvi 13 avgust kuni o'tkaziladi va shu uchrashuvdan boshlab “Surxon” uchrashuvlarini OKMK sport majmuasida o'tkazishni boshlaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz