

"Men Sammervillning katta muxlisiman. U aql bovar qilmaydigan darajada yaxshi. Krisensio g'alabaga och, jamoaning omon qolish uchun kurashayotgan o'yinida maksimal harakat qilmoqda. U hali yosh va yanada o'sadi", - dedi Jerrard TNT Sports nashriga bergan intervyusida.
Avvalroq Saloh bu mavsum uning Angliya klubidagi so'nggi mavsumi bo'lishini e'lon qilgan edi. Misrlik vinger 2017 yildan beri mersisaydliklar safida o'ynamoqda. Saloh Angliya chempionatida 310 ta o'yin o'tkazib, 189 ta gol urdi va 92 ta golli pas berdi.
Joriy mavsumda Sammervill 27 ta o'yinda 7 ta gol urdi va 4 ta golli pas berdi.



