Afg'oniston Rossiyaga o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni taklif qildi

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2025, 17:04
Rossiya terma jamoasiga Afg'oniston jamoasi bilan o'ynash taklif qilindi.

Bu haqda Afg'oniston sanoat va savdo vaziri o'rinbosari Ahmadulla Zohid xabar berdi.

"Biz sport vazirligi va futbol federatsiyasiga ikki davlat o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish tashabbusi to'g'risida ma'lumot beramiz.

Ehtimoliy uchrashuvga ijobiy qaraymiz. Afg'oniston o'yinning Rossiyada o'tkazilishi g'oyasini qo'llab-quvvatlaydi, lekin sizni ham vatanimizda kutamiz va Afg'onistonga taklif qilamiz", – dedi Ahmadulla Zohid Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: «Р-Спорт»