

A Seriya doirasida "Sassuolo"ga qarshi o'yinning boshlang'ich tarkibiga bosh murabbiy Luchano Spalletti Italiyadan bo'lgan birorta ham maydon futbolchisini kiritmadi. (10 nafar o'ynovchi futbolchi). Jamoadagi yagona mahalliy o'yinchi darvozabon Gulelmo Vikario bo'ldi.
Turinliklar chempionat bahsini maydonda birorta ham italyan futbolchisisiz boshlagani klub tarixida ilk bor kuzatilmoqda.
“Yuventus” boshlang'ich tarkibi: 25.Vikario, 15.P. Kalulu, 3.Bremer, 26.J. Lukumi, 2.Z. Chelik, 12.Duglas Luis, 8.T. Kopmeyners, 7.F. Konseysau, 31.N. Gonsales, 17.K. Alajbegovich, 9.Kolo Muani.



