Spalletti: "Milan" - buyuk jamoa, bu aniq”

Sherzod Nurmatov
7 sen 2026, 14:50
"Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spalletti Italiya chempionatining 3-turi doirasida o'z maydonida "Milan"ga qarshi kechgan bahsdagi durang (1:1) haqida fikr bildirdi.

"Bu poydevor bo'lib, uning ustiga nimadir qursa bo'ladi, chunki biz yaxshi o'yin ko'rsatdik. Hatto hisob 0:0 bo'lib turgan paytda ham "Yuventus" raqibni doimiy ravishda pressing qildi va o'yin suratini oshirishga harakat qildi. Bizda to'g'ri niyat va intilish bor edi, ammo, tabiiyki, qaror qabul qilishni yaxshilashimiz va bunday o'yinlarda hech kimdan ruxsat so'rab o'tirmasligimiz kerak. Taklif kutib o'tirish yaramaydi, maydonga tushib, o'yinni bo'g'zidan olish lozim.

Ularning mudofaa chizig'ini yorib o'tish uchun raqib jarima maydoni yaqiniga chiqqanimizda aynan shu jihatda o'yinimizni kuchaytirishimiz lozim. Shuningdek, vaziyatlar yaratish ustida ham ishlashimiz kerak, chunki bunday qulay nuqtalarga ko'p bor chiqdik - faqatgina to'pni 5 santimetr balandroq ko'tarish yoki chap oyoq o'rniga o'ng oyoqqa tashlash yetishmadi xolos. Aynan shu mayda detallar o'yin taqdirini hal qilishi mumkin.

Jamoada bosimni davom ettirish uchun kuch bor edi, chunki u quvuvchi rolida qolishga loyiq emasdi. Shunga qaramay, ular xuddi shu kayfiyatda davom etish qatiyatini saqlab qolishdi va hisobni tenglashtirgan gol bilan mukofotlanishdi.

"Milan" - buyuk jamoa, bu aniq. Biz ham buyuk jamoaga aylana olamiz, buni bugun yana bir bor ko'rsata oldik. Shuning uchun men bunga ishonaman va bugungi o'yinlari uchun futbolchilarga minnatdorlik bildiraman", – deya italiyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi DAZN.

"Yuventus" (3 ta o'yindan so'ng 7 ochko) Italiya chempionati jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi. Jamoa 4-turda 12 sentyabr kuni safarda "Sassuolo"ga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: DAZN