A Seriyaning sentyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
10 okt 2025
Massimiliano Allegri A Seriyada oy murabbiyi bo'ldi.

"Milan" jamoasi sentyabr oyida 58 yoshli mutaxassis qo'l ostida "Bolonya", "Udineze" hamda "Napoli"ga qarshi bahslarda 3 g'alaba qayd etdi. Ayni damda "rossoneri" turnir jadvalida 3-o'rinda bormoqda.

Allegri sovrinini 19 oktyabr kuni "Fiorentina"ga qarshi o'yindan oldin qabul qilib oladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: legaseriea.it