

"Mening hissiyotlarim ko'proq ijobiy. Chunki zaxiradan maydonga muvaffaqiyatli tushib, ijobiy natijaga erishishga muvaffaq bo'ldik. Ijobiy hissiyotlar bilan keyingi o'yin uchun Krasnodarga uchib ketamiz. Qachonki g'alaba qozonsangiz, tayyorgarlik ko'rish ham har doim osonroq bo'ladi. G'alaba bilan tabriklamoqchiman. Ammo o'ylaymanki, bizni ancha jiddiy tahlil kutib turibdi (kuladi)", - dedi Komlichenko.



