

"O'zbekiston - yaxshi jamoa. Birinchi taymda ular bazi epizodlarda bizdan yaxshiroq ko'rindi, yaxshi pressing qilishdi. Ikkinchi bo'limda esa boshqacha energiya bilan chiqib, bahsni o'z tomonimizga burib yuborishga muvaffaq bo'ldik, garchi tezkor gol o'tkazib yuborgan bo'lsak ham. Qolgan vaqtda o'yinni nazorat qildik, zaxiradan maydonga tushganlar o'yinimizni kuchaytirdi. O'z ishimizni qildik, bu o'z samarasini berdi. Karpin tanaffusda boshimizdagi kayfiyatni o'zgartirishni aytdi. O'yinni o'zgartirib yuborish uchun shuning o'zi etarli bo'ldi", - dedi Safonov.



