

Klublarning o'zaro kelishuviga asosan, mazkur bahs 30 daqiqadan iborat 4 ta bo'lim shaklida tashkil etildi va o'yin muxlislar uchun qiziqarli, gollarga boy tarzda kechdi.
Keskin kurashlar ostida o'tgan uchrashuv 5:4 hisobida "Qizilqum" foydasiga hal bo'ldi. "Buxoro" tarkibida Asilbek Qayumov, Vladimir Rodich, Mironshoh Shonazarov hamda Dominik Begich raqib darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa, navoiyliklarning g'alaba keltiruvchi gollariga Islom Kenjaboev, Jambuli Jigauri, Samandar Shukrullaev, Akmal Muzaffarov va Bobomurod Bozorov mualliflik qildi.








