

"Men harakat qildim. Lekin hech narsa bo'lmadi. Biz besh oy davomida muzokara olib bordik, hamma narsa tayyor edi, ammo oxir-oqibat klub prezidenti rad etdi.
Men Dani Alvesni qaytarishga muvaffaq bo'ldim va Pedro, Neymar va Messini ham ortga qaytarishni maqsad qilgandim, ammo o'sha vaqtda bizning moliyaviy ahvolimiz yaxshi emas edi. Messi bilan kelishuv deyarli amalga oshirildi, ammo prezident uni davom ettirishni istamadi", - dedi Xavi.
Xavi Kataloniya klubini 2021 yildan 2024 yilgacha boshqargan. Bu davrda u jamoa bilan La Liga va Superkubokni qo'lga kiritdi.



