

Ramos 2010 yilgi jahon chempionligini qo'lga kiritgan finalda kiygan futbolkasi Braziliyadagi aukcionda sotuvga qo'yildi. Yaqin vaqtgacha u Sneyderning shaxsiy kollekciyasida saqlanardi.
Niderlandiyalik futbolchi qo'shimcha vaqtdagi final mag'lubiyatidan (0:1) keyin ispaniyalik futbolchi bilan libos almashgan. Ushbu to'q ko'k rangli futbolka uchun Sneyder 65 126 evro oldi. Uzun engli, 15-raqamli futbolka a'lo holatda saqlangan bo'lib, undagi barcha asl nashivka va yozuvlar o'z holicha qolgan.
Sneyder shu finalda o'zi kiygan futbolkasini ham aukcionga qo'ydi. U 5 ming evrodan sal ko'proq mablag'ga sotildi.
O'tgan yilning sentyabr oyida sobiq yarim himoyachi jahon chempionatlarida qo'lga kiritgan bir qator sovrinlarini ham sotgan edi:
2010 yilgi JCHning "Kumush to'p" sovrini - 19 000 evro;
2014 yilgi JCHning bronza medali - 6 500 evro;
Niderlandiya 2014 yilgi JCH chorak finalida Braziliyaga qarshi o'ynagan to'p - 6 100 evro;
2014 yilgi JCH ishtirokchisi medali - 1 024 evro.




