Sohil futbolida kim chempion bo'ladi?

Xayrulla Xoliqov
26 noya 2026, 18:30
Tailandda sohil futboli bo'yicha Osiyo chempionati davom etmoqda.

Kecha, 25 noyabr kuni chorak final uchrashuvlari o'tkazilib, yarim finalga chiqqan jamoalar aniq bo'ldi. Ertaga 1/2 final bahslari bo'lib o'tadi.

4.jpg5.jpg

Chorak final natijalari quyidagicha ko'rinish oldi:

Yaponiya - BAA 4:3

Bahrayn - Livan 4:6

Ummon - Tailan 9:3

Eron - Saudiya Arabistoni 6:0

Guruhda qolgan jamoalar

Xabaringiz bor, sohil futboli o'yicha Osiyo chempionatini 12ta jamoa boshladi. Jamoalar to'rttadan uch guruhga bo'lingandi. A guruhidan Iroq keyingi bosqichga o'ta olmadi. B guruhida Afg'oniston bilan Vetnam qolib ketgan bo'lsa, C guruhidan uchta jamoa - Ummon, Saudiya Arabistoni va BAA keyingi bosqichga chiqdi, faqat O'zbekiston terma jamoasi guruhda qolib ketdi.

Chorak final o'yinlaridan so'ng BAA, Livan, Tailand va Saudiya Arabiston termalari ham musobaqa bilan xayrlashdi. Ertaga bo'lib o'tadigan yarim final bellashuvlarida Eron - Livan, Yaponiya - Ummon juftliklari o'zaro bahs olib boradi.

6.jpg

O'zbekiston ishtiroki

Afsuski, ushbu Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi o'zini ko'rsata olmadi. Vakillarimiz guruhda uchta o'yin o'tkazib, barcha bellashuvlarda mag'lubiyatga uchrashdi. Uch o'yinda 4ta gol urib o'z darvozamizdan 19ta to'p o'tkazib yubordik. Natijada to'plar nisbati eng yomon ko'rsatkich (-15) ham bizda bo'ldi. Guruhda oxirgi o'rinni egallagan Iroq -6, Vetnam esa -14 ko'rsatkich qayd etdi.

Yurtimizda sohil futboli bo'yicha chempionat yo'q, Kubok o'yinlari ham o'tkazilmaydi, aslini olganda sifatli qumning o'zi bo'lmasa kerak. Terma jamoa ham asosan futzalchilardan tuzildi. Natijasi esa ma'lum. Shu bois terma jamoa ishtirokini tanqid qila olmaymiz. Chunki bizda sohil futbolining o'zi yo'q. Bir necha yil oldin Qarshida musobaqa o'tkazilgandi, shundan beri sohil futboli jimib ketdi. Osiyo Kubogida qatnashish uchun jamoa yig'ilib yigitlar Tailandga olib ketildi. Bu ketishda O'zbekiston terma jamoasi keyingi chempionatda qatnashmasligi mumkin.

7.jpg8.jpg

G'olib kim bo'ladi?

Aytib o'tganimizdek, ertaga yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Eron - Livan bahsida shubhasiz Eronni favorit deyish mumkin, ammo Yaponiya - Ummon o'yinida yaqqol favorit yo'q. Negaki o'tgan yil Ummon aynan yarim finalda Yaponiyani 3:2 hisobida mag'lub etib finalga yo'l olgandi. Bu yil nima ro'y berishini ertaga bilib olamiz. Musobaqaning amaldagi g'olibi Eron terma jamoasi hisoblanadi. Forslar bu yil ham Kubokni o'zlarida saqlab qola olishadimi?

O'xshash yangiliklar

Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: Championat.asia