Farhod Nishonov: "Muhim bellashuvda g'alaba qozondik"

26 noya 2026, 20:16
2027 yil Superligaga o'tish o'yinidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Olimpik Mobiuz" uchrashuvidan so'ng matbuot anjumani o'tkazildi.

Matbuot anjumanida "Olimpik Mobiuz" bosh murabbiyi Farhod Nishonov ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?
- Og'ir va qiyin uchrashuvni o'tkazdik. Oson bo'lmasligini oldindan bilardik. Shogirdlarimga rahmat, muhim bellashuvda g'alaba qozonib oldik. Bugun oxirigacha kurashdik va yigitlar ko'rsatmalarni yaxshi bajarishdi.

- Superligaga chiqqan taqdirda jamoangiz kuchini qanday baholaysiz?
- Albatta, Superligaga chiqish uchun hali oldinda o'yinlar bor. Imkoniyat bor ekan foydalanishga harakat qilamiz. Futbolchilarimiz tajriba to'plagan deb o'ylayman. Agar Superligaga chiqsak, jamoani yanada kuchaytiramiz.

O'xshash yangiliklar

Manba: championat.asia