Ronaldu ketganidan keyin Portugaliya terma jamoasining yangi sardori ma'lum bo'ldi

6 noya 2026, 23:45
"Real" yarim himoyachisi Bernardu Silva Krishtianu Ronaldu terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganidan keyin Portugaliya milliy jamoasining yangi sardoriga aylanadi.

Bu haqda terma jamoa bosh murabbiyi Jorje Jezush ma'lum qildi.

5 noyabr kuni 41 yoshli Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgan edi.

"Jamoa sardorini bosh murabbiy tanlamaydi. Ular terma jamoa safidagi o'yinlar soniga qarab belgilanadi. Hozirda eng ko'p o'yin o'tkazgan besh nafar futbolchi bor. Qizig'i shundaki, ularning barchasi men ishlagan klublarda qo'l ostiimda to'p surishgan. Shuning uchun avvalgi tartib saqlanib qoladi: Krishtianudan keyin terma jamoa safida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi sardor bo'ladi.

Bernardu Silva, Ruben Diash, Joau Kanselu, Ruben Nevesh va Brunu Fernandesh - eng ko'p o'yin o'tkazgan dastlabki besh futbolchi", - dedi Jezush.

Ronalduning Portugaliya terma jamoasini sharafini 2003 yildan himoya qilib kelgan. 234 ta uchrashuvda 146 ta gol urgan va 45 ta golli uzatma amalga oshirgan. Portugaliya terma jamoasi bilan 2016 yilgi Yevropa chempionati va ikki marta Millatlar ligasida g'olib chiqqan.

O'xshash yangiliklar


Manba: A Bola