

"O'ylaymanki, u o'zini bosh murabbiy sifatida sinab ko'rishni istardi. U ularning ishini ko'p kuzatgan, faoliyatlaridagi ko'plab muammolarni ko'rgan. Kim yaxshi, kim yomon murabbiy ekanini juda yaxshi biladi. U o'zgacha murabbiy bo'lgan bo'lardi, chunki fikri ochiq inson va odamlarni tinglashni biladi.
Nazarimda, u katta mamnuniyat bilan "Manchester Yunayted"ning bosh murabbiyi yoki egasiga aylangan bo'lardi. Uning o'ziga xosligi shundaki, u doim reja tuzadi. Hamma narsa o'z-o'zidan sodir bo'lishini shunchaki kutib o'tiradiganlardan emas", – deya Klegg so'zlaridan iqtibos keltiradi “Manchester Evening News”.
41 yoshli forvard 2003-2009 yillarda hamda 2021-2022 yillarda "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilgan. Angliya klubi bilan birgalikda u uch marta mamlakat chempionati, ikki marta Liga Kubogi, bir martadan Angliya Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritgan. 2008 yilda portugaliyalik futbolchi jamoa bilan Chempionlar Ligasi g'olibiga aylangan.



