Rivojlanish kubogi. O'zbekiston U-16 Shimoliy Irlandiyani mag'lub etib, musobaqani ikkinchi o'rinda yakunladi

Aslanov Jasurbek
21 apr 2026, 00:24
Ayder Kurbaev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Shimoliy Makedoniyada bo'lib o'tgan UEFA "Rivojlanish kubogi"dagi ishtirokini yakunladi.

So'nggi turda vakillarimiz Shimoliy Irlandiya ustidan qiyin g'alabaga erishishdi.

Shimoliy Irlandiya U-16 - O'zbekiston U-16 2:3

Gollar: Hasan O'rolov, Husan O'rolov, Behruz Samatov.

Tarkiblar

Jamoamiz mazkur bahsni quyidagi tarkibda boshladi:

Asosiy tarkib: 1. Almaz Ayupov, 3. Hojiakbar Zulfiqorov, 5. Yaxyo Nasrulloev, 6. Abubakr Mamatov, 7. Azizillo Ekinjonov (S), 8. Fayz Achilov, 9. Emmanuel Emonkpaire, 13. Abdulaziz Bobirov, 15. Hasan O'rolov, 17. Ro'zimurod Ro'zimurodov, 20. Doniyor O'ktamov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Hu. O'rolov, Xayrullaev, Aminov, Samatov, Akbaraliev, Shukurov.

Zaxira: Berdiev, Odilov.

Ushbu g'alabadan so'ng O'zbekiston U-16 terma jamoasi o'z hisobidagi ochkolarini 6 taga etkazib oldi va turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egalladi. Eslatib o'tamiz, vakillarimiz musobaqa davomida mezbon Shimoliy Makedoniyani ham mag'lub etishgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UFA