BAA. Aziz G'aniev jamoasi mehmonda g'alaba qozondi

Aslanov Jasurbek
21 sen 2026, 00:00
BAA liga Kubogining 1-turida "Al Dafra" "Bani Yas"ni qabul qildi.

“Bani Yas” sharafini himoya qilayotgan O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi Aziz G'aniev uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va bahsda to'liq ishtirok etdi. Mehmon jamoa raqib darvozasiga 3 ta to'p kiritdi, “Al Dafra” esa faqatgina bir gol bilan javob bera oldi.

"Al Dafra" - "Bani Yas" 1:3
Gollar: Mendi 73 (pen.) - Godvin 9, Marsiano 44, Koroma 87.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia