

O'yin Londondagi "Kreyven Kottedj" stadionida bo'lib o'tdi. Bahsni mersisaydlik Piter Benks boshqarib bordi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
63-daqiqada "Manchester Yunayted"ning argentinalik himoyachisi o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. 89-daqiqada esa MYU hujumchisi Mateus Kunya muvozanatni tikladi.
"Fulxem" - "Manchester Yunayted" 1:1
Gollar: Lisandro Martines 63 (avtogol) - Mateus Kunya 89
"Fulxem" joriy mavsumdagi ikkinchi ochkosini qo'lga kiritdi va turnir jadvalida so'nggidan oldingi - 19-o'rinni egallab turibdi. "Manchester Yunayted" esa beshta o'yinda besh ochko jamg'arib, 12-pog'onada joylashgan.



