

"Birinchi bo'limda o'yinni yaxshi nazorat qildik, ammo xavfli vaziyatlar deyarli bo'lmadi. Uchrashuv oqimini o'zgartirib yuboradigan vaziyatlar bo'ladi - Juliano ishtirokidagi holat va penalti aynan shunday bo'ldi. Maydonda son jihatdan ustunlikka ega bo'lganimizda raqibga muammo tug'dirishimiz mumkin bo'lgan imkoniyatlardan foydalandik. Shunday vaziyatlardan birida Devid gol urdi, keyin esa ular o'zlarining xavfli hujumlaridan birida hisobdagi farqni qisqartirishdi.
[Mourinyuning so'zlari bo'yicha] izoh beradigan hech narsa yo'q. Bu o'yinning bir qismi. Bazida vaziyatlar sening foydangga ishlaydi, bazida esa aksincha. Hakamlarga bo'lgan hurmatni yo'qotmaslik kerak. Isming Mourinyu bo'lsa ham, hamma narsaga ruxsat berilgan emas", - dedi "Atletiko" bosh murabbiyi DAZN efirida.



