

La Liganing 7-turida portugaliyalik mutaxassis qo'l ostidagi "Real" argentinalik murabbiy boshchiligidagi "Atletiko"ga imkoniyatni boy berdi (1:2).
Bu murabbiylarning o'zaro faoliyatidagi ettinchi uchrashuvi edi. Dastlabki uchta bahsda (2012 yil va 2013 yilning aprelida) Mourinyu g'alaba qozongan. Shundan so'ng o'tkazilgan to'rtta o'yinning uchtasida Simeone zafar kuchgan bo'lsa, yana bir bahsda durang qayd etilgan.



