"Real" La Liga 7-turidan o'rin olgan "Atletiko"ga qarshi o'yindagi hakamlik bo'yicha rasmiy bayonot berdi

Aslanov Jasurbek
20 sen 2026, 23:42
Madridning "Real" klubi La Liga 7-turidan o'rin olgan "Atletiko"ga qarshi kechgan o'yindagi (1:2) hakamlik yuzasidan rasmiy munosabatini bildirdi.

Uchrashuv Madriddagi "Sivitas Metropolitano" stadionida bo'lib o'tdi va unda Migel Anxel Ortis Arias bosh hakam sifatida ishladi.

"Real" Ortis Ariasning dahshatli hakamligi fonida kechgan derbida imkoniyatni boy berdi. Hakam birinchi bo'limda Bellingemning tiziga butsasining tishlari bilan bosgan Kristian Romeroni (vaziyatni monitorda tomosha qilganiga qaramay) va Valverdening chap to'pig'iga bosgan Li Kan Inni maydondan chetlatmadi. Har ikki qaror ikkinchi bo'limda "Atletiko" foydasiga hal bo'lgan o'yin taqdiriga bevosita ta’sir ko'rsatdi.

35-daqiqada Bellingem to'pga Romerodan oldinroq yetib keldi va "Atletiko" himoyachisi uning chap tiziga butsasining tishlari bilan zarba berdi. Ortis Arias avvaliga futbolchimizga sariq kartochka ko'rsatdi, ammo VAR hakami Truxilo Suares uni monitor yoniga chaqirdi. Vaziyatni ko'rib chiqqach, u Bellingemning kartochkasini bekor qildi va "qizil-oqlar" himoyachisini maydondan chetlatish o'rniga unga shunchaki sariq kartochka ko'rsatdi.

Oradan to'qqiz daqiqa o'tib, hakam yana bir hal qiluvchi xatoga yo'l qo'ydi - Li Kan Inning Valverdega qarshi ishlatgan qo'polligi uchun uni jazolamadi. Futbolchi Valverdening chap to'pig'iga butsasi bilan zarba bergan edi. Ortis Arias vaziyatni yaqindan kuzatib turgan bo'lsa-da, "Atletiko" o'yinchisiga qizil (hatto sariq ham) kartochka ko'rsatmadi. Ushbu vaziyatda Truxilo Suares ham uni ogohlantirmadi", - deyiladi "Real"ning rasmiy saytida e'lon qilingan bayonotda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: realmadrid.com