

Risharlison "Trabzonspor" bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi.
Turkiya klubiga o'tgan taqdirda, hujumchi "Tottenxem"dagidan uch baravar ko'proq daromad oladi, deb xabar beradi Fabricio Romano.
Takidlanishicha, "shporlar" "Trabzonspor"ning 15 va 20 million funtlik ikkita taklifini rad etishgan. Tez orada turklar yana bir taklif bilan chiqishadi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Trabzonspor"ga "Liverpul"ning sobiq futbolchilari Muhammad Saloh va Fabino o'tishgan edi.
APLning o'tgan mavsumida Risharlison 29 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



