"Real" va "Barselona" Ispaniya terma jamoasi a'zosi uchun kurashadi

Sherzod Nurmatov
23 apr 2026, 14:40
Ispaniya futboli yangi yulduzni kashf etdi: "Osasuna"ning 22 yoshli vingeri Viktor Munos La Liga grandlari "Real" va "Barselona"ning transfer strategiyalaridagi asosiy maqsadga aylandi.

"The Athletic"ning xabar berishicha, Munos ajoyib tezlik, texnika va qanot himoyasida dadil, ijodiy qarorlar qabul qilish qobiliyatini namoyish etdi. Bunday debyutdan so'ng Yevropa elit klublari yosh istedodni sotib olish uchun navbatda turibdi.

Munosning yutug'i xalqaro miqyosda ham e'tibordan chetda qolmadi: 2026 yil mart oyida u Ispaniya terma jamoasi safida debyut qildi va bu voqeani Serbiyaga qarshi gol bilan nishonladi. Hozirda vinger Jahon chempionati uchun kengaytirilgan nomzodlar ro'yxatidan joy olgan.

O'yinchi ushbu mavsum "Osasuna" tarkibida 34 o'yinda ishtirok etib, 6 ta to'p kiritdi va 5 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt uning qiymatini 20 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic